Belsa “Lids”dagi kelajagiga aniqlik kiritdi

Eldor Akmurzayev
10 sen 2020, 20:30
Marselo Belsa “oqlar”ni yangi mavsumda ham boshqarishini ma'lum qildi.

U jamoani 16 yillik tanaffusdan so'ng, APLga olib chiqqandi. Belsa “Lids”ni 2018 yil qabul qilib olgan va klub bilan 2+1 ko'rinishida shartnoma imzolagan.

“Lids”da qolaman. Keyingi (2020/21 yilgi) mavsumda aynan shu yerda bo'laman. Barchasi hal qilindi. Bu aniq”, degan Marselo.

Eslatib o'tamiz, “Lids” chempionatdagi ilk uchrashuvini 12 sentyabr kuni “Enfild”da amaldagi chempion “Liverpul”ga qarshi o'tkazadi.

O'xshash yangiliklar

Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Sky Sports