Belgiya terma jamoasi futbolchisi "Arsenal"ga o'tishi mumkin

Alisher
23 dek 2019, 13:10
"Arsenal"da yaqinda ish boshlagan Mikel Artetaning ilk xaridi "Napoli" futbolchisi Dris Mertens bo'lishi mumkin.

Qayd etish kerakki, "Napoli" futbolchilari va klub prezidenti o'rtasida konflikt bor va Mertensning ketishi shu bilan bog'liq bo'lishi mumkin.

Bundan tashqari, Mertensning "Napoli" bilan tuzgan shartnomasi mavsum so'nggida yakuniga etadi, tomonlar esa shartnomani uzaytirish bo'yicha kelishuvga erishganlaricha yo'q.

Belgiyalik hujumchiga shuningdek "Bavariya" va Dortmudning "Borussiya" klublari qiziqish bildirmoqda. Futbolchi boshqa klubga qishki transferlar oynasida 10 million evro evaziga o'tishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, Mertens 2011 yildan buyon Belgiya terma jamoasi sharafini himoya qilmoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Calciomercato