Belgiya terma jamoasi darvozaboni koronavirus bilan kasallandi

Sherzod Nurmatov
11 noya 2020
"Blekbern" darvozaboni Tomas Kaminski Belgiya terma jamoasi o'yinlarini o'tkazib yuboradi, chunki uning koronavirus uchun topshirgan testi musbat natijani ko'rsatgan.

28 yoshli futbolchi allaqachon terma jamoa ixtiyorini tark etgan.

Alohida aytib o'tish joiz, Kaminski Belgiya termasi tarkibida hali bironta ham o'yin o'tkazmagan. Ilgari u faqat yoshlar jamoalarida o'ynagan. 


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: rbfa.be