Rasman: "Milan" Belgiya terma jamoasi a'zosi bilan uzoq muddatli shartnoma imzoladi

Sherzod Nurmatov
14 avg 2025, 12:34
"Milan" futbol klubi avvalroq "Jenoa"da o'ynagan himoyachi Koni De Vinter transferini e'lon qildi.

Shartnoma 2030 yilgacha amal qiladi va belgiyalik futbolchi maydonda 5-raqam ostida to'p tepadi.

OAV xabariga ko'ra, transfer taxminan 20 million evroni tashkil qilgan. Oldindan tuzilgan qayta sotish shartnomasiga ko'ra, futbolchining sobiq klubi "Yuventus" bu summaning taxminan 20-25 foizini oladi.

De Vinter 2024 yilning mart oyida Belgiya terma jamoasidan ilk marta chaqiruv olgan va Irlandiyaga qarshi o'yinda debyut qilgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: acmilan.com