Belerin: "Ispaniya terma jamoasi uchun tatilni bekor qilishdan xursandman"

Aslanov Jasurbek
31 may 2016, 12:25
"Arsenal" himoyachisi Ektor Belerin "Real" himoyachisi Daniel Karvaxalga tezroq sog'ayib ketishni tiladi.

Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Visente del Boske jarohat olgan Karvaxal o'rniga Belerinni jamoaga chaqirishini aytdi.

"Ispaniya terma jamoasi safida o'ynashga tayyorman. Oilam bilan birga dam olmoqchi edim, ammo mamlakat jamoasi uchun tatilimni bekor qilishdan xursandman. Karvaxal tezroq safga qaytishini va Evroda ishtirok etishini istayman, chunki u mening do'stim. Murabbiy haydamagunicha terma jamoa bilan birga bo'laman" - deydi Belerin.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AS