

"Agar tez orada klub uy stadioniga bog'liq muammoni hal qilmasa Mayami MLSda o'ynamaydi. Ular musobaqada ishtirok etishini istaymiz, ammo qaror qabul qilish lozim. Shahar rahbariyati va Devid Bekxem bu borada bir qarorga kelishi lozim" - deydi liga rahbari Don Garber.
Ma'lum bo'lishicha, ayni damda Devid Bekxem va klub rahbarlari stadion ijarasi yoki yangi arena qurish borasida Mayami hukumati bilan kelisha olmayapti. Jamoa 2017 yildan boshlab MLSdagi ishtirokini boshlamoqchi edi.



