Beyl "Yuventus"ga qarshi o'yinni asosiy tarkibda boshlaydi
Aslanov Jasurbek
4 may 2015, 11:27
"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti "Yuventus"ga qarshi Chempionlar ligasi yarim final birinchi uchrashuvida yarim himoyachi Garet Beylni asosiy tarkibda maydonga tushirishi mumkin.
Uelslik futbolchi jarohatidan to'liq qutildi. Beyl "Sevilya"ga qarshi o'yinda (3:2) zaxiradan maydonga tushgan edi.
Bu jamoalar o'rtasidagi uchrashuvlar 5 va 13 may kunlari bo'lib o'tadi. Birinchi bahs "keksa sinora" maydonida bo'ladi.