Begovich "Xall Siti"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin
Tolibjon Qosimov
13 dek 2013, 18:04
"Stok Siti" darvozaboni Asmir Begovich Angliya chempionati 16-turi doirasidagi "Xall Siti"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin.
Begovich mashg'ulotlar davomida sonidan jarohat olgan. Bosniyalik darvozabonning "Xall Siti"ga qarshi o'ynay olish yoki olmasligi haqida "Stok" shifokorlari ertaga ma'lum qila olishadi.