Begovich: "Kepa ajoyib darvozabon"

Mirjalol Normatov
17 noya 2020
"Bornmut" posboni Asmir Begovich "Chelsi"dagi hamkasbi Kepa Arrisabalaga haqida gapirdi.

"Kepa xatolarini to'g'rilab, odamlarning fikrlarini o'zgartirishi mumkin. U ajoyib posbon. "Chelsi"ga kelguniga qadar u Ispaniyada zo'r o'yin ko'rsatayotgandi. Hozir unga biroz og'ir damlar keldi.

Kepa "Chelsi" yoki boshqa jamoalarda yuqori natijalarga erisha oladi. Uning ijobiy sifatlarini yuqori deb bilaman", - dedi Begovich.

Ispaniyalik posbon so'nggi paytlarda ko'plab xatolar qilayotgandi. Shu boisdan "Chelsi" uning o'rniga Eduard Mendini xarid qildi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Talk Sport