Bayiga Fransiyaning ikki klubi qiziqmoqda

Alisher
20 may 2022
"Manchester Yunayted" himoyachisi Erik Bayi faoliyatini Fransiya chempionatida davom ettirishi mumkin.

O'yinchining Angliya klubi bilan shartnomasi 2024 yilda yakuniga etadi, ammo futbolchi klubdan yozgi mavsumlar oralig'ida kyetishini ma'lum qildi.

Bayi uchun "Marsel" va "Lion" davogarlik qilmoqda. Bundan tashqari, o'yinchiga ispan va italyan klublari ham befarq emas.

Futbolchi joriy mavsum APL doirasidagi 4ta o'yinda maydonga tushdi.


AlisherMuallif
Manba: getfootballnewsfrance.com