

Fransiya Futbol Federatsiyasi (FFF) Fransiya Kubogining 1/32 final bosqichi doirasidagi "Yer" bilan o'yinda (2:0) qo'pol qoida buzish qayd etgani uchun futbolchiga shunday chora belgiladi.
Bayi raqib yarim himoyachisi Almike Ndiayining ko'krak qismiga oyoq bilan zarba bergani uchun to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochka oldi.
"Yer" yarim himoyachisiga bir nechta qovurg'a sinishi, jigar shikastlanishi va ichki qon ketish tashxisi qo'yilgan. Uni zudlik bilan kasalxonaga yuborishdi.
Bayi dastlab ikkita o'yinga diskvalifikaciya qilingan va uni o'tab bo'lgan ham edi.



