"Bayer" "Real"ga Florian Vircning narxini ma'lum qildi

Alisher
17 apr 2024
"Bayer" La Liga klubi so'roviga javob berdi.

"Barselona" va "Real" faol tarzda Vircga qiziqish bildirmoqda. Leverkuzenliklar o'yinchini 128 million evroga qo'yib yuborishga tayyorlar.

Transfer "Barselona" uchun noreal. Madrid esa futbolchining vakillari bilan yaqin aloqada. Shu bilan birga, Virc klubning 2025 yildagi rejasida.

"Real"ning Mbappe transferi sabab nemisni tarkibga qo'shib ololmasligi taxmin qilinmoqda.


AlisherMuallif
Manba: Marca