"Bayer" "Manchester Yunayted" himoyachisini ijaraga oladi

Mirjalol Normatov
11 yanv 2021
"Manchester Yunayted"ning gollandiyalik himoyachisi Timoti Fosu-Mensa "Bayer"ga o'tadi.

Jurnalist Fabricio Romanoning tvitterida yozishicha, futbolchi 2021 yilning yoziga qadar sotib olish huquqisiz "Bayer"da ijarada o'ynaydi.

23 yoshli Fosu-Mensa "Manchester Yunayted" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U ushbu mavsumda mankunianliklar tarkibida barcha turnirlarda 3 o'yinda qatnashdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal