"Bayer" bosh direktori Xavercning klubdan ketishni xohlayotganini tasdiqladi

Alisher
15 avg 2020, 18:48
"Bayer" bosh direktori Fernando Karro klub xavbek Kay Xavercni sotishga tayyorgarlik ko'rayotgani haqida xabar berdi.

"Dastlab, Yevropa Ligasidagi o'yinimizni yakunlagandan so'ng muzokaralar boshlanishi aniq edi. Kay keyingi qadamni tashlash istagi haqida gapirdi.

Hozirgi vaqtda esa bu ro'y beradimi yoki yo'q, buni bilmayman", - deydi boshqaruvchi.

21 yoshli germaniyalik futbolchi uchun asosiy da'vogar "Chelsi" hisoblanadi.

Kay joriy mavsum barcha musobaqalarda 47ta o'yinda maydonga tushib, 19ta gol va 8ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: espn.com