"Bayer" "Barselona"ning qiziqishiga qaramay, Patrik Shikni sotmaydi

Alisher
30 mar 2022, 16:53
"Bayer" boshqaruv raisi Fernando Karro klub hujumchi Patrik Shikni sotmoqchi emasligini ma'lum qildi.

"Biz Shikni sotmaymiz, buni muhokama qilish kerak emas. Patrik klubda o'zini qulay his qilmoqda. Biz unga ishonamiz, u bizning yaqin yillardagi rejamizga kiradi", - deydi Karro.

Shik 2021/22 yilgi mavsum "Bayer" tarkibida 24ta o'yinda maydonga tushib, 20ta gol va 3ta assist qayd etdi.

Transfermarkt 26 yoshli chexni 40 million evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sky Germany