

"O'yinda nimalar bo'lganini barcha ko'rdi. "Neftchi" Pro ligadagi eng kuchli jamoa hisoblanadi. Bugun tezkor gol o'tkazib yuborganimiz uchun o'ylagan rejalarimiz amalga oshmadi", – deydi Baxtiyor Ergashev.
- Bugun jamoada legionerlar ko'rinish bermadi...
- Legionerlarga to'xtaladigan bo'lsak, ularning ikki nafarida jarohat bor. Shu bois o'yinlarni o'tkazib yuborishmoqda.
- Bunga qadar matbuot anjumanlarida Alisher Shog'ulomov ishtirok etib kelayotgandi...
- Alisher Shog'ulomov betobligi sababli matbuot anjumanida o'zim ishtirok etyapman. Umid qilamanki, hammasi yaxshi bo'ladi.
- Talgat Nigmatullin yaxshi ijrochi hisoblanadi. Boshlang'ich tarkibda maydonga tushmagani nima bilan bog'liq?
- Jarohati borligi uchun tavakkal qilishni istamadik. Zaxirada qolganini sababi shu.



