
- Ilk o'yindan o'z maydonimizda yutqazib qo'ygandik. Shu bois Qarshida bizga qiyin bo'lishini bilardik. Va kubok o'yinlarida kutilmagan natijalar sodir bo'ladi. Bugungi o'yin natijalaridan kelib chiqib aytadigan bo'lsak, mahorat bobida chempionatda boshqalardan ustun jamoalar kutilgandek yarim finalga yo'l olishdi. O'tgan o'yinda jarohati bo'lsada, Saidovni maydonga tushirgandik. Bugun esa optimal tarkibni maydonga tushira olmadik. O'yin boshidanoq mahorat bobida bizdan ustun ekanligi sezilib turdi. Biz kubok bahslarida mo'jiza ko'rsatishga urinib ko'rdik. Ammo afsuski bu bosqichda “Nasaf” bizdan kuchliligini namoyish etdi.