

Ayni damda myunxenliklar futbolchini yozda tarkibga qo'shib olish variantlarini ko'rib chiqmoqda. Oldinroq niderlandiyalik futbolchiga "Chelsi" da'vogarlik qilayotgani aytilgandi. Biroq London klubi futbolchi uchun 70 million evro to'lay olmasligini bildirgan. O'z navbatida "Yuve" ham de Ligtni sotib yuborishga tayyor turibdi.
O'tgan mavsum de Ligt A Seriyaning 31 o'yinida qatnashib, 3 gol va 1 assist qayd etdi.



