

Florian Plettenbergning xabariga ko'ra, myunxenliklar yaxshi taklif tushgan taqdirda, yarim himoyachini qo'yib yuborishadi. Sport direktori Maks Eberl bu haqda 29 yoshli futbolchining vakillarini ogoh etdi.
Shu bilan birga, Goreckaning o'zi ketishni xohlamayapti. U "Bavariya"da o'ynashni xohlamoqda. Uning o'tishiga qiziquvchi klublar bor (masalan, "Atletiko"), ammo u hech qaysi klubni ko'rib chiqmayapti va muzokaralar olib bormayapti.
Leon o'tgan mavsum Bundesliga doirasidagi 30ta o'yinda maydonga tushib, 7ta gol urishga erishdi.



