"Bavariya" yaqin vaqtlarda Pochettinoning tayinlanuvini e'lon qilmoqchi

Mirjalol Normatov
21 noya 2019, 20:57
Myunxenliklar Pochettinoni kutishmoqda.

"Sky in Germany" xabariga ko'ra, "Bavariya" yaqin vaqtlarda Maurisio Pochettino bilan shartnoma imzolamoqchi. Yaqin vaqtlarda Myunxen klubi rahbariyati mutaxassisga taklif bilan chiqib, tezroq jamoa boshqaruvini o'z qo'liga olishi borasida so'rov yubormoqchi. 

Eslatib o'tamiz, klub yaqindagina Xans-Diter Flik bilan to'laqonli shartnoma imzolagandi.

Ayni damda Pochettinoning xizmatlariga "Barselona" ham qiziqish bildirmoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky in Germany