"Bavariya" va PSJ "Chelsi" futbolchisi uchun da'vogarlik qilmoqda

Alisher
28 may 2020, 14:24
"Chelsi" yarim himoyachisi Jorjino "Bavariya" va PSJ qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.

Bu haqda jurnalist Nikolo Skira xabar bermoqda.

Oldinroq, Jorjinoning agenti Yevropaning ikki top-klubidan qiziqish bo'layotganini, ammmo ularning nomlarini aytmasligi haqida xabar qilgan edi.

Jorjino joriy mavsum APL doirasidagi 26ta o'yinda maydonga tushdi. Uning hisobida 4ta gol va 2ta assist bor.

Italiyalik futbolchi A Seriyaga qaytishi ham mumkin, Mauricio Sarri uni "Yuventus"ga olib kelmoqchi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira