"Bavariya" va "Barsa" - Kristensen uchun kurashda favorit. Himoyachi "Chelsi"ga hurmati sabab APLdan takliflarni ko'rib chiqmayapti

Alisher
17 yanv 2022, 15:37
"Chelsi" himoyachisi Andreas Kristensen faoliyatini Ispaniya yoki Germaniyada davom ettirishi mumkin.

25 yoshli daniyalikning londonliklar bilan shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. "Bavariya" va "Barselona" - o'yinchi bilan erkin agent maqomida shartnoma imzolash uchun kurashda yetakchi.

APL klublari ham Kristensenga qiziqmoqda, ammo Andreas "Chelsi"ga hurmati sabab Angliyadan takliflarni ko'rib chiqmaydi. U tez orada kelajagi borasida qaror qabul qiladi.

Kristensen "Chelsi"da 2014 yildan beri harakat qiladi. U ikki mavsum ijara asosida Myonxengladbaxning "Borussiya" jamoasida ijara asosida o'ynagan.

Futbolchi joriy mavsum APL doirasidagi 13ta o'yinda maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano