"Bavariya" Shupo-Motingni sotishga tayyor. Forvardda Qatardan taklif bor

Alisher
10 iyun 2022, 10:17
Forvard Erik-Maksim Shupo-Moting "Bavariya"dan ketishi mumkin.

33 yoshli Kamerun terma jamoasi o'yinchisi Qatardan taklif oldi.

Myunxenliklar agar yaxshi taklif tushsa, Shupo-Motingni sotib yuborishga tayyorlar.

Hujumchining "Bavariya" bilan shartnomasi 2023 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/iMiaSanMia