"Bavariya" "Shtutgart" vingeriga ko'z tikdi

Sherzod Nurmatov
29 mar 2024, 13:09
"Bavariya" "Shtutgart" vingeri Kris Fyurixni sotib olish ustida ishlamoqda.

Bu haqda insayder Kristian Falk xabar bermoqda.

"Rekordmaystr" yangi sport direktori Maks Eberl transfer ustida ishlamoqda. U futbolchi bilan shaxsan muzokara olib bormoqda, uning tovon puli – 23,5 million evro.

Fyurix 2021 yildan beri "Shtutgart"da o'ynab kelmoqda. 26 yoshli germaniyalik joriy mavsum barcha turnirlarda 30 ta o'yin o'tkazib, 8 ta gol urdi va 7 ta golli pas uzatdi.

Oldinroq "Bavariya" top-murabbiy bilan shartnoma tuzmoqchi ekanligi haqida xabar berilgan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/cfbayern