"Bavariya" Sanega zarba bergani uchun Maneni 500 ming evro jarimaga tortdi. Leroy jamoadoshini jiddiy jazolamasliklarini so'ragan

Aziz Tukhtamuradov
14 apr 2023, 08:48
"Bavariya" Sadio Maneni 500 ming evro jarimaga tortdi.

Leroy Sane klubdan Mane bilan shartnomani bekor qilmaslikni va uni jiddiy ravishda jazolamaslikni so'ragan. 

Eslatib o'tamiz, "Bavariya"ning YCHL doirasidagi "Manchester Siti"ga qarshi o'yinidan so'ng (0:3) Mane kiyinish xonasida Sane bilan janjallashgan va jamoadoshining yuziga zarba bergan. 

Jazo variantlari orasida shartnomani bekor qilish ham ko'rsatilgandi, biroq "Bavariya" xo'jayinlari bunday qilmaslikni maqul ko'rishgan. 

Klub rasmiy saytida ma'lumot berilishicha, Mane shanba kuni "Xoffenxaym"ga qarshi bo'ladigan o'yinni o'tkazib yuboradi. Senegallik futbolchi shuningdek jarima ham to'laydi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Bayern & Germany