"Bavariya" Nyubelni qaytarishni rejalashtirgani yo'q

Sherzod Nurmatov
8 noya 2022, 17:17
Darvozabon yana ijarada o'ynaydi.

Darvozabon Aleksandr Nyubel 2023 yil "Bavariya"ga qaytmaydi. Myunxen klubi sport direktori Hasan Salihamijich darvozabonni yana ijaraga berishni o'ylamoqda, deb xabar berdi "Sky Sports".

26 yoshli Nyubel "Monako"da ijara asosida o'ynayapti va agar u Manuel Noyerning o'rinbosari bo'lishda davom etsa, "Bavariya" bilan yangi shartnoma imzolashni istamayapti.

Nyubelning Myunxen klubi bilan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar amal qiladi. Transfermarkt portali darvozabonni 10 million evroga baholamoqda.

Nyubel ushbu mavsum "Monako" safida barcha musobaqalarda 22 ta o'yinda maydonga tushib, 30 ta gol o'tkazib yubordi va 6 ta o'yinni "quruq" o'tkazdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sky Sports