"Bavariya" Noyerning agenti bilan o'tgazgan navbatdagi muzokaralari ham muvaffaqiyatsiz tugadi

Alisher
25 mar 2020, 13:20
"Bavariya" darvozabon Manuel Noyer bilan muzokaralar olib borishda davom etmoqda.

Xabarlarga ko'ra, darvozabonning agenti Tomas Krot kirish imkoniyati cheklangan bo'lishiga qaramay, "Bavariya" ofisiga tashrif buyurgan.

Krot o'z mijozining shartnomani uzaytirish borasida muzokaralar olib borgan. Qayd etish kerakki, navbatdagi muzokaralarning yangi raundi ham muvaffaqiyatsiz yakunlandi.

Oldinroq, "Bavariya" Noyer bilan shartnomani uzaytirish fikridan qaytishi va Mark-Andre ter Shtegen bilan shartnoma imzolashi mumkinligi borasida xabarlar yangragan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Bild