Bavariya muxlislari o'tirgan avtobus yonib ketdi FOTO

Narzulla Saydullayev
20 noya 2016, 19:32
Germaniya chempionatining 11-turidan o'rin olgan Borussiya - Bavariya uchrashuvidan so'ng (1:0) mehmonlar muxlislari ishtirokida baxtsiz hodisa yuz berdi.

Bavariya muxlislari o'tirgan avtobus Dortmunddan qaytishda Shvertda yonib ketdi. Haydovchi olovni sezib barchaga avtobusni tark etishni ma'lum qildi.

Salonda 50 nafar muxlis bor edi, ularning hech biri jabr ko'rmadi. Avtobus esa butkul yonib ketdi. Ziyon 200 ming evroga baholanmoqda.

Muxlislar o'z manzillariga boshqa avtobusda yetib olishdi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: bild.de