“Bavariya” Manening transferini qachon rasman e'lon qilishi ma'lum

Eldor Akmurzayev
20 iyun 2022, 09:25
Bu haqda “Kicker” xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, “Bavariya” 22 iyun kuni Sadio Maneni ommaga tanishtiradi. Tanishtiruv marosimi “Alyanc-Arena”da bo'lib o'tadi. Klub futbolchini hujum poziciyasida emas, balki vinger sifatida o'ynatmoqchi.

Avvalroq, myunxenliklar sport direktori Hasan Salihamijich Mane “Liverpul”dan transfer qilinganini tasdiqlagandi. Kelishuv 40,7 mln evroga amalga oshgani aytilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Kicker