"Bavariya" "Leyptsig" futbolchisi uchun 17 million evro taklif qildi

Alisher
9 may 2022, 10:38
"Leyptsig" yarim himoyachisi Konrad Laymer klubdan ketishi mumkin.

Jurnalist Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, 24 yoshli avstriyalik futbolchi uchun "Bavariya" da'vogarlik qilmoqda. Myunxen klubi 17 mln evrolik ilk taklifni berdi.

Laymer joriy mavsum 41ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol va 5ta assist qayd etdi.

Transfermarkt o'yinchini 26 million evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano