"Bavariya" Koman uchun 100 mln evro xohlamoqda

Alisher
30 iyun 2021
"Bavariya" hujumchisi Kingsli Koman uchun 100 million evrodan kam olmoqchi emas.

Oldinroq xabar berilganidek, o'yinchiga "Liverpul" va "Manchester Yunayted" klublari qiziqish bildirmoqda.

"Bavariya" asosiy vingerini qo'yib yubormoqchi emas, ammo tomonlar yangi bitim borasida kelishuvga erisha olishmayapti. Amaldagi shartnoma 2023 yilga qadar mo'ljallangan.

Shu sabab Germaniya chempionlari o'yinchi bilan 100 million evro evaziga xayrlashishga tayyorlar.


AlisherMuallif
Manba: Sky Deutschland