"Bavariya" Keyn uchun 80 mln evro taklif qildi. "Tottenxem" bundan avval 70 mlnlik taklifni rad etgandi

Administrator
9 iyul 2023, 21:40
Myunxen klubi forvard uchun ikkinchi taklifni berdi.

"Bavariya" klubi hujumchi Xarri Keynni sotib olishga jiddiyroq kirishmoqda. Jurnalist Florian Plettenbergning yozishicha, "Bavariya" Keyn uchun 80 mln evro va bonuslar taklif qildi. Avvalroq, nemislar London klubiga 10 mln evro kamroq taklif qilishgandi. Bu taklif esa "Tottenxem" tomonidan rad etilgandi.

Xabar berilishicha, Xarri Keynning o'zi "Bavariya"ga o'tishga rozi. Tomonlar shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olishgan.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: twitter.com/plettigoal