"Bavariya" Keyn uchun 100 mln evro taklif qildi. "Tottenxem" bundan avval ikkita taklifni rad etgandi

Alisher
24 iyul 2023, 09:20
Myunxen klubi forvard uchun uchinchi taklifni berdi.

"Bavariya" klubi hujumchi Xarri Keynni sotib olishga jiddiyroq kirishmoqda. "Bavariya" Keyn uchun 100 mln evro va bonuslar taklif qildi. Avvalroq, nemislar London klubiga 20 mln evro kamroq taklif qilishgandi. Bu taklif esa "Tottenxem" tomonidan rad etilgandi.

Xabar berilishicha, Xarri Keynning o'zi "Bavariya"ga o'tishga rozi. Tomonlar shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olishgan.


AlisherMuallif
Manba: championat.com