“Bavariya” himoyachisi jarohat oldi, u “Chelsi”ga qarshi javob bahsini o'tkazib yuborishi mumkin

Eldor Akmurzayev
26 iyul 2020, 19:30
Myunxenliklar a'zosi Benjamen Pavar bugun o'tkazilgan mashgulotlar vaqtida jarohatlandi, deya xabar beradi klub matbuot xizmati.

Manbaga ko'ra, fulbek chap oyogini shikastlab olgan. U 3 haftagacha maydonga tusha olmasligi mumkin. Pavar katta ehtimol bilan YCHL 1/8 finali doirasida “Chelsi”ga qarshi 8 avgust kuni o'tadigan javob bahsini o'tkazib yuboradi.

Eslatib o'tamiz, Londondagi bahsda “Bavariya” 3:0 hisobida zafar quchgandi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: fcbayern.com