"Bavariya" futbolchisi faoliyatini "Flamengo"da davom ettiradi

Alisher
6 iyun 2019, 10:12
"Bavariya" himoyachisi Rafinyaning jamoadan ketishi tobora oydinlashib bormoqda.

U faoliyatini Braziliyaning "Flamengo" jamoasida davom ettirishga yaqin. "Twitter" tarmog'ida 33 yoshli futbolchining jamoadan ketayotganligiga ishora qiluvchi video tarqaldi. Rasmiy ma'lumot yaqin kunlarda e'lon qilinishi ko'zda tutilgan.

Rafinya "Bavariya"ga 2011 yilda kelib qo'shilgan. U myunxenliklar tarkibida 7 marta Germaniya chempionligi, 3 marta Germaniya Kubogi va 3 marta mamlakat Superkubogini qo'lga kiritgan. Shuningdek, futbolchi Chempionlar Ligasi, UEFA Superkubogi va Klublar o'rtasidagi jahon chempionati g'olibi sanaladi.

Braziliyalik futbolchi joriy mavsum barcha turnirlarda 31ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 2ta assistga erishgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: СЭ