

Yulian Nagelsmann jamoasi guruhdagi barcha 6 ta o'yinda 6 ta g'alabaga erishib, 1/8 finalga yo'l oldi. Bu mavsumda "Liverpul" va "Ayaks" ham shunday natijaga erishdi.
"Real" YCHL tarixida ikki marta 6 ta o'yinda 6 ta g'alabaga erisha olgan. Endilikda "Bavariya" ham bu borada "Real" bilan tenglashib oldi.
Umuman, 10 ta jamoa guruh bosqichida yuz foizlik natija ko'rsata olgan:
Milan (1992/93), PSJ (1994/95), Spartak (1995/96), Barselona (2002/03), ikki marta – Real (2011/12 va 2014/15), Bavariya (2019/20) va Liverpul (2021/22), Ayaks (2021/22), Bavariya (2021/22).



