

"Ha, "Real" ketma-ket uch marta Chempionlar ligasi g'olibiga aylandi, bu ajoyib natija. Buni kelajakda takrorlash qiyin.
Ketma-ket 3 yil Chempionlar ligasi g'olibi bo'lish juda yaxshi ko'rsatkich, biroq aynan shu uch yil ichida ular bor-yo'g'i bir marta Ispaniya chempionatida g'alabaga erishishdi. Sovrin ikki marta "Barselona" tomonidan qo'lga kiritildi, shunday ekan =ar doim barcha sovrinni yutib bo'lmaydi.
Uchala turnirda yaxshi ishtirok etish juda qiyin. Ammo "Real" favoritlar safida bo'lishiga ishonaman" - deydi Kovach.


