Bavariya – Borussiya D. Getce qovurg'asi singani uchun o'ynay olmaydi

Narzulla Saydullayev
21 may 2016, 10:01
Bavariya yarim himoyachisi Mario Getce Germaniya kubogi finali doirasidagi Borussiyaga qarshi bahsda ishtirok etmaydi.

O'tgan hafta 23 yoshli futbolchi qovurg'asini sindirib olgandi va finalgacha tiklana olmaydi. Biroq bu futbolchining Evro-2016da ishtirok etishiga to'sqinlik qilmaydi.

Germaniya kubogi finali bugun, 21 may kuni bo'lib o'tadi. Bavariya – Borussiya D o'rtasidagi bahs Toshkent vaqti bilan soat 23.00da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: twitter.com/FCBayernEN