"Bavariya" "Bayer" futbolchisi bilan kelishib oldi

Mirjalol Normatov
10 may 2025, 01:20
Florian Virtc "Bavariya"ga o'tishga rozi bo'ldi.

"Bild" jurnalisti Kristian Falkning ma'lumotiga ko'ra, "Bayer" yarim himoyachisi myunxen klubi bilan shartnoma imzolaydi.

"Bavariya" Leverkuzen klubiga futbolchi uchun 100 million evro to'laydi. Agarda klublar o'zaro kelisha olishmasa, futbolchi yana bir yil kutishga tayyor turibdi.

22 yoshli futbolchining "Bayer" bilan shartnomasi 2027 yil yoziga qadar davom etadi. U ushbu mavsumda Bundesliganing 29 o'yinida qatnashib, 10tadan gol va assist qayd etdi.


O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal