"Bavariya" a'zosi transferi yana kun tartibida – "Arsenal" chekinishni istamayapti

Sherzod Nurmatov
24 iyul 2025, 19:33
Londonning "Arsenal" klubi "Bavariya"dan yarim himoyachi Joau Palinyani sotib olmoqchi.

Insayderlarning yozishicha, "kanonirlar" bu futbolchini iyun o'rtalarida sotib olmoqchi bo'lgan, biroq tomonlar kelishuvga erisha olmagan. Endi London klubi muzokaralarni davom ettirishga tayyor. Qayd etilishicha, futbolchiga "Tottenxem" ham qiziqish bildirmoqda.

Palinya o'tgan mavsum Bundesligada 17 o'yinda ishtirok etdi.

Avvalroq unga Milanning "Inter" klubi qiziqayotgani ma'lum qilingan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: cfbayerninsider.com