"Bavariya" Angliya terma jamoasi futbolchisi bilan muzokaralarni boshladi

Khoja
7 okt 2025, 10:23
"Bavariya" "Kristal Pelas" va Angliya terma jamoasi himoyachisi Mark Gexi bilan muzokaralarni boshlab yubordi.

Bu haqda insayder Florian Plettenberg ma'lum qildi. Nemis grandi yozda shartnomasi yakuniga etadigan himoyachini tekinga qo'lga kiritishni reja qilgan.

Gexiga "Bavariya"dan tashqari "Barselona", "Liverpul" va "Real Madrid" ham jiddiy qiziqish bildirmoqda. 

Himoyachi joriy mavsum 12 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 1 tadan gol va assist bor.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com