"Bavariya" 2022 yilning yanvarida transferlarni amalga oshirish niyatida emas

Sherzod Nurmatov
26 dek 2021, 19:33
Myunxenliklar qishki transfer oynasi vaqtida hech kimni sotib olishmaydi.

Buni "Sport Bild" futbol bo'limi rahbari Kristian Falk tasdiqladi.

Xabarlarga ko'ra, "Bavariya" "Lids"ning hujumkor vingeri Rafinyaga qiziqish bildirmoqda, ammo uning transferi yanvarda amalga oshmasligi mumkin.

Ayni dam "Bavariya" 43 ochko bilan Germaniya chempionati turnir jadvalida 1-o'ringa joylashgan. U ikkinchi pog'onada ketayotgan Dortmundning "Borussiya"sidan 9 ochko oldinda bormoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sport Bild