BATEga supergol urgan Shahboz Umarov: "O'zimga ishonch bilan zarba berdim"

Narzulla Saydullayev
5 iyul 2020, 11:22
Belarus chempionati navbatdagi turidan o'rin olgan BATE – “Energetik-BGU” uchrashuvidan so'ng hamyurtimiz Shahboz Umarovning fikrlari bilan qiziqdik.

“O'yin juda qiyin kechdi, 20-daqiqadan keyin maydonda bir kishi kam bo'lib qoldik, darvozamizga penalti belgilandi. Lekin, shukurki darvozabonimiz penaltini qaytardi va shundan so'ng jamoadoshlarimning ruhi ko'tarildi.

Golga keladigan bo'lsak, o'zimga ishonch bilan zarba berdim. Golim jamoaga g'alaba keltirganidan xursandman. Bugun kuchli xarakter evaziga g'alaba qozondik deb o'ylayman”,- deydi Shahboz Umarov championat.asia saytiga.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia