Abduqodir Husanovning "Enyergetik BGU"dagi ustozi: "Uning "Siti"dagi raqobatchilariga havas qilmayman"

Aslanov Jasurbek
18 yanv 2025, 12:34
Belarusning "Enyergetik BGU" jamoasida "Manchestyer Siti"ga o'tayotgan Abduqodir Husanov bilan ishlagan murabbiy Pavel Rodnenokning fikricha, o'zbekistonlik futbolchi "Siti"dagi raqobatda g'olib chiqadi.

"Hozir boshqa ish bilan bandman va afsuski, "Manchestyer Siti"ni kuzatayotganim yo'q. Husanovning yangi jamoasidagi raqobatchilari kimlar ekanligini ayta olmayman, ammo ularga havas qilmasligim aniq.

Chunki Abduqodir ularni yamlamay yutadi! Bunga ishonchim komil" - dedi Rodnenok.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: «Чемпионат»