

Jahon chempionatidan keyingi qisqa tatil vaqtida Husanov Minsk shahrida bo'ldi va “Energetik-BGU“dagi ilk murabbiyi Anatoliy Yurevich bilan ko'rishdi. Bundan tashqari Abduqodir Husanov “SKA 1938“ klubi (“Energetik-BGU“ning bugungi nomi) futbolchilari bilan qisqa savol-javob ham o'tkazdi.
Bundan tashqari O'zbekiston terma jamoasi himoyachisi Belarus sport vaziri Sergey Kovalchuk bilan ham ko'rishdi.











