BATE Umarov uchun qancha to'lagan?

"Energetika-BGU" klubida to'p tepayotgan hamyurtimiz Shohboz Umarovning BATE bilan shartnoma imzolagani haqida xabar bergan edik.

Rasmiy xabar: Shohboz Umarov BATE bilan shartnoma tuzdi

Ma'lum bo'lishicha, uning transfer summasi 20 ming dollarni tashkil qilgan.

Futbolchi BATE safiga yozgi transfer mavsumining ikkinchi qismida (15-28 sentyabr) qo'shilishi mumkin. Agar klub bu imkoniyatdan foydalanmaslikka qaror qilsa, transfer kelgusi yilning 1 yanvarida amalga oshiriladi.

Eslatib o'tamiz, Belarus chempionatining joriy mavsumida 17 uchrashuvda maydonga tushgan Umarov o'z hisobiga 2 ta gol yozdirib qo'ygan.

Shohboz Umarov: "BATE meni anchadan beri qo'lga kiritish istagida yurgan ekan"


Manba: championat.asia