Belarus chempionati. Bobir Abdixoliqov "Energetik-BGU"ni mag'lubiyatdan qutqarib qoldi

Sherzod Nurmatov
3 iyul 2022, 21:52
Belarus Oliy ligasi 13-turidan o'rin olgan BATE – "Energetik-BGU" uchrashuvi yakuniga etdi.

"Energetik-BGU" safarda BATE bilan murosa ko'chasini tanladi. Mehmonlar safida Bobir Abdixoliqov 73-daqiqada belgilangan penaltini ijro qilgach, zarbani darvozabon qaytarishga erishdi, biroq o'zbekistonlik hujumchi qaytgan to'pni darvozaga kiritib, maqsadiga erishdi va uchrashuvda muvozanatni tikladi. Shuningdek, himoyachi Abduqodir Husanov va yarim himoyachi Shohruh Abdurahmonov bahsda 90 daqiqa harakatlandi.

BATE – Energetik-BGU 1:1

Kapskiy-Arena

Gollar: 1:0 – 2 Dragun, 1:1 – 73 Abdixoliqov.

BATE – Bordachev, Malkevich, Filipovich, Nechaev, Kudravec, Dragun, Gromiko (Shumanskiy, 46), Villumsson (Sharkovskiy, 80), Oreshkevich (Vasilevich, 73), Bocherov, Milich.

Energetik-BGU – Lukashevich, Makushinskiy, Svirepa (Semenov, 57; Omelyanchuk, 83), Makavchik, Lavrik, Silinskiy (Pashevich, 78), Abdurahmonov, Rilach, Husanov, Abdixoliqov (Kunskiy, 90), Grishenko (Gvaradze, 59).

Ogohlantirishlar: Husanov (64), Abdixoliqov (90).

Turnir jadvali

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia