Shahboz Umarov Qozog'iston chempionatiga yo'l oldi

Оқил Абдубарноев
13 iyul 2022
BATE yarim himoyachisi Shahboz Umarov faoliyatini Qozog'iston chempionatida davom ettiradi.

Futbolchi "Ordabasi" klubi bilan mavsum oxirigacha amal qiladigan ijara shartnomasi bo'yicha bitim tuzgan. 

Joriy mavsumda Umarov Aleksandr Mixaylov bilan yuzaga kelgan mojaro tufayli asosiy tarkibda birorta ham o'yin o'tkazmadi.

O'tgan mavsum o'zbekistonlik futbolchi 27ta o'yinda maydonga tushib, 6ta gol urgan va 8ta golga assistentlik qilgan.

Eslatib o'tamiz, Qozog'iston klubida o'zbekistonlik yana bir futbolchi Odilbek Abdumajidov to'p tepadi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia