Rasman: Shahboz Umarov BATE bilan xayrlashdi

Sherzod Nurmatov
19 yanv 2023
BATEning o'zbekistonlik xavbeki Shahboz Umarov faoliyatini Qozog'istonning "Ordabasi" klubida davom ettiradi.

U shu paytgacha ushbu jamoa safida ijarada o'ynab kelayotgandi. Klublar kelishuviga ko'ra futbolchi endi to'liq "Ordabasi" a'zosiga aylandi.  



Umarov "sariq-ko'klar" safida 36 ta rasmiy o'yinda qatnashib, 6 ta gol urgan hamda 9 ta golga assistentlik qilgan. 2021 yil BATE bilan Belarus Kubogi sohibi va mamlakat chempionati kumush medallari egasiga aylangan edi. 


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: fcbate.by