

Xavi jamoasi Ispaniya kubogining 1/8 finalida "Seuta"ni 5:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.
Endilikda jamoa hisobida so'nggi 10 ta o'yinda 8 ta g'alaba va 2 ta durang bor.
Eslatib o'tamiz, "Barselona" bir necha kun oldin Ispaniya Superkubogi finali doirasida "Real"ni 3:1 hisobida mag'lubiyatga uchratgandi.



